Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
472025-09-19 18:42

Bag‘dod tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va “Edo.ijro.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2101155805516195.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Bag‘dod tumani hokimligida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan. Tuman hokimligida “Edo.ijro.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi “kunbay” tahlil qilinib borilmoqda. Haftaning har dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarini ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlanish qat’iy nazorat qilinmoqda. Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida “Edo.ijro.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlariga taalluqli korxona, tashkilotlarga yuborilmoqda. Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda. Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan har oyda topshiriqlar ijro holati tanqidiy tahlil qilingan holda ma’lumotnoma va jadvallar tayyorlanib, tuman hokimiga kiritib borilmoqda. Bajarilmay qolayotgan hamda muddati kelayotgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda tumandagi korxona va tashkilotlar bilan muntazam ravishda muhokama qilinib kelinmoqda. Tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida tumandagi korxona va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2025-yilning sakkiz oyi davomida 9 ta (Bag‘dod tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Bag‘dod tumani byudjetdan tashqari pensita jamg‘armasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman ichimlik suvi korxonasi, Bag‘dod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, Bag‘dod tumani qurilish va uy-joy kamunal xo‘jaligi bo‘limi, Tuman kadastr agentligi bo‘limi va tuman gaz ta’minoti bo‘lim) tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati va ish yuritish tizmini holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 2025-yilning 8 oyi davomida tuman hokimi huzurida - 20 ta marotaba, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari - 18 ta marotaba qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati muhokama qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda. “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning o‘tgan davri davomida tumanga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 134 ta hujjatlaridagi 1067 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taaluqli hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim, tashkilotlarga ijro uchun yuborilgan. Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 855 tasi bajarilgan, 283 ta topshiriqlarning ijrosi davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz