Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Avvalo, barchangizni 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunga 36 yil to‘lgani munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
Joriy yilgi bayram tadbirlari yurtimiz bo‘ylab “Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
🇺🇿 Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyati kun sayin ortib borayotgani hech kimga sir emas. Ona tilimiz — milliy o‘zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish va yorug‘ kelajagimizni ta’minlashning eng muhim omilidir.
Qadrli tumandoshlar!
Sizlardan ona tilimiz rivojiga hissa qo‘shishni, suhbatlarda sof o‘zbek tilida so‘zlashni so‘ragan bo‘lardim. Chunki bu — bizning madaniyatimiz va milliy g‘ururimizning ajralmas bo‘lagidir.
Barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan tabriklayman!
Ona tilimizning nufuzi va qadr-qimmati yanada yuksalaversin.
Bayram muborak bo‘lsin!
G‘anijon SOLIYEV,
Bag‘dod tumani hokimi (https://t.me/bagdodim_news)