🏅 Bag‘dodlik sportchi MDH o‘yinlarida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
🇦🇿 Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan III MDH o‘yinlarining akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish yo‘nalishlari bo‘yicha poygalarda sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medal qo‘lga kiritishdi.
📍 Bag‘dod tumani Yangiobod MFYda yashovchi sportchimiz Davlatjon Hamdamov ham terma jamoamiz sharafini munosib himoya qildi.
U juftligi bilan 01:42.220 natija qayd etib, 3 masofada 3 ta bronza medal sohibi bo‘ldi.
💬 Ushbu yutuq nafaqat sportchimiz, balki butun Bag‘dod yoshlari uchun faxr va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.