Bag‘dod tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar saralandi
Tuman Axborot-kutubxona markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xilolaxon Qambarova ishtirok etib, mazkur tanlov iste’dodli qizlarni aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi hamda saralash bosqichi ishtirokchilariga omad tiladi.
Tanlov jarayonida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim, mahorat va iste’dodini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida yo‘nalishlar bo‘yicha faol ishtirok etgan barcha iqtidorli qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, eng munosib nomzodlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.